Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

14—15-iyun kunlari Kishinyov shahrida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi Moldova Iqtisodiyot va infratuzilma vazirligi davlat kotibi Yuliana Dregelin hamda Qishloq xo‘jaligi, mintaqaviy rivojlanish va atrof-muhit vazirligi davlat kotibi Vasileu Luka bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Google Images

Foto: Google Images

Uchrashuvda O‘zbekiston va Moldova o‘rtasida manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalasi muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi hamda Moldova Tashqi ishlar va Yevropa bilan integratsiya vaziri Tudor Ulyanovsk o‘rtasida suhbat bo‘lib o‘tdi.

Avvalroq, O‘zbekiston—Moldova hukumatlararo komissiyasi majlisi o‘tkazilishi mumkinligi xabar qilingan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 29-may kuni 39 darajagacha issiq bo‘ladi
Sport
Lionel Messi Ronalduning rekordini yangiladi
Mahalliy
Qarshidagi kafelarning birida yong‘in sodir bo‘ldi