“Azon.uz” ta’sischisi jurnalist Jasur Hamroyev bilan suhbatlashdi va xonandalarning nashida aytishiga munosabat bildirdi.
Insonning ichidan nima o‘tayotganini bilmaymiz. Bunga baho berishga haqqimiz yo‘q. Buni iymoni yo‘q yoki iymoni uyg‘onib ketdi deb aytishga haqqimiz yo‘q. Faqat bir narsani aytish mumkin bo‘ladi, o‘zining qalbida bo‘lmagan narsani ko‘rsatish shariatda riyokorlik hisoblanadi. Agar haqiqatda qalbida iymoni jo‘sh urib, shunaqangi nashid aytishlarni xohlab, bundan keyin bemaza qo‘shiqlar aytmayman, faqat endi shu yo‘nalishda davom etaman desa bu tahsinga loyiq. Buni biz olqishlaymiz.Lekin nashid aytish bilan o‘z obro‘sini ko‘tarishni maqsad qilib qo‘ygan bo‘lsa ko‘rib turganingizdek ijtimoiy tarmoqlarda buni barcha qoralayapti.
Mubashshir Ahmad, “Azon.uz” sayti ta’sischisi
Izoh (0)