Samarqand viloyatining Urgut tumanida 18-aprel kuni ro‘y bergan oilaviy janjal fojiali yakun topdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Shu kuni soat 23:00 atrofida Mo‘g‘ol mahallasida yashovchi, 1971-yilda tug‘ilgan shaxs uyidagi mojaro tufayli 1978-yilda tug‘ilgan xotinini urib-tepib, jarohat yetkazadi.
Ayol 19-aprel kuni sog‘lig‘i yomonlashib, uyida vafot etdi.
IIVning ma’lum qilishicha, ikki farzandini onasiz qoldirgan erkak qo‘lga olindi.
Izoh (0)