Bahraynda yaqinda ochilgan neft konlari zaxiralarining hajmi taxminan 80 milliard barrelga baholanmoqda, deb yozadi Meduza.
Bahrayn neft vaziri Muhammad bin Xalifa al-Xalifa konlar hududida gaz zaxiralari ham ochilganligini ma’lum qildi. Ularning hajmi 280—570 milliard kub metrga baholanmoqda.
Vazirning so‘zlariga qaraganda, konlardagi neft va gaz zaxiralari hajmini Haliburton neft korporatsiyasi va DeGolyer and MacNaughton konsalting kompaniyalari baholovchilari tasdiqlagan.
Bahrayn rasmiylari 1-aprel kuni mamlakatda yirik neft koni topilganligini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)