AQSh hukumati razvedka boshqarmasi sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Solsberida zaharlangandan so‘ng Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etishi mumkin, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Albatta qo‘llanilishi mumkin. Chunki Rossiyaning kimyoviy qurollarni taqiqlash haqidagi konvensiyaga amal qilishi va kelishuv bo‘yicha o‘z majburiyatlariga rioya etayotgan-etmayotganligi haqida so‘z yuritmoqdasiz. Kimyoviy qurolni qo‘llash qoidabuzarlik hisoblanadi”, — dedi AQSh Davlat departamenti rahbari o‘rinbosari vazifasini vaqtincha bajaruvchi Hizer Nauert.
Bundan tashqari, Nauert AQSh Shimoliy Koreya kimyoviy qurol qo‘llagandan bir yil o‘tgandan so‘ng sanksiyalar joriy etganligini ta’kidladi.
Izoh (0)