2017-yil yakuni bo‘yicha vazirlik va idoralar kesimida eng ko‘p murojaatlar Ichki ishlar vazirligiga kelib tushdi. Ularning soni 134 mingtani tashkil etdi, deya xabar beradi O‘zA.
Keyingi o‘rinlarda Oliy sud (89 ming), Bosh prokuratura (86 ming), Majburiy ijro byurosi (67 ming), banklar (66 ming), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (65 ming), Sog‘liqni saqlash vazirligi (52 ming), “O‘zbekneftgaz” (38 ming) va “O‘zbekenergo” (27 ming) qayd etildi.
Mazkur murojaatlarda ko‘tarilgan asosiy masalalar uy-joy va yer ajratish, mehnat va bandlik, kommunal xo‘jaligi, sud-huquq tizimi, bank-moliya, ta’lim-tarbiya sohasi, moddiy yordam ko‘rsatish va aliment undirish bilan bog‘liq muammolar bo‘ldi.
Izoh (0)