AQSh prezidentining yuristi Maykl Koen sobiq aktrisa Stefani Kliffordga shaxsiy mablag‘lari hisobidan 130 ming dollar to‘laganligini tan oldi. Bu haqda 13-fevral, seshanba kuni The New York Times gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Aktrisa Donald Tramp bilan o‘n yil avvalgi ishqiy munosabatlari haqida ma’lum qilgan edi.
Pullar Kliffordga AQShda saylovoldi kampaniyasi o‘tkazilgan yil — 2016-yilda o‘tkazilgan.
“Trump Organization ham, Trampning saylov shtabi ham Klifford uchun bu tranzaksiyada ishtirok etmagan. Ular bevosita ham, bilvosita ham bu xarajatlarimni qoplamagan”, — deydi prezidentning yuristi. “Kliffordga to‘lov qonuniy bo‘lgan, u saylovoldi kampaniyasi uchun kiritilgan mablag‘ bo‘lmagan”, — deya qo‘shimcha qiladi u.
Izoh (0)