15—16-mart kunlari Termiz shahridagi baxshilar maktabida baxshi va jirovlar uchun o‘quv seminari o‘tkaziladi. Bu haqda respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Seminar yoshlarda baxshichilik san’atiga bo‘lgan muhabbatni shakllantirish, ta’lim muassasalari, xususan bolalar musiqa va san’at maktablarida, madaniyat markazlarida baxshichilik yo‘nalishini tashkil etish orqali baxshichilikni keng targ‘ib etish maqsadida tashkil etiladi.
Surxondaryo viloyati hokimligi madaniyat boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan mazkur tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridan 100 ga yaqin baxshi-shoir, oqin va jirovlar, yoshlar ishtirok etadi.
Izoh (0)