O‘zbekistonda 2018-yilning yanvar oyida benzin ishlab chiqarish hajmi 15,4 foizga, 2017-yilning mazkur davri bilan solishtirilganda esa 105 ming tonnagacha oshdi, deb xabar beradi UzDaily.
Mamlakatda dizel yoqilg‘isini ishlab chiqarish hajmi hisobot davrida 21,9 foizgacha pasayib, 71,5 ming tonnani tashkil etdi.
O‘zbekistonda yanvar oyida 63,3 ming tonna neft ishlab chiqarilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning yanvar oyida 69 ming tonnani tashkil etgan edi (-8,2%).
Tabiiy gaz qazib olish hajmi 2017-yilning yanvar oyida 4,75 milliard kubometrni tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich joriy yilning yanvar oyida 5,09 milliard kubometrga yetdi (+7,1%).
2018-yilning yanvar oyida respublikada 193,9 ming tonna gaz kondensati qazib olindi. Bu esa o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 27,4 foizga ko‘p.
Izoh (0)