Hindistonning DC Design kompaniyasi Delidagi motorshouda yo‘ltanlamasning modifikatsiyasi Mahindra Thar — Hammer’ni namoyish etdi, deb yozadi “Motor”.
Avtomobil qattiq tom, ko‘rinishi o‘zgargan bamperlar va kengroq old qanotlarga ega bo‘ldi.
Tashqi ko‘rinishdan tashqari yo‘ltanlamasning saloni ham o‘zgartirilgan: charm bezakli yangi eshik panellari o‘rnatilgan, tomga yorug‘lik diodli yoritkich montaj qilingan, alohida orqa o‘rindiqlar bilan jihozlangan.
Mahindra Thar yo‘ltanlamasiga 105 ot kuchini beruvchi 2,5 litrlik dizel motor o‘rnatilgan.
Izoh (0)