Toshkentning Sergeli tumanida yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Noxush hodisa oqibatida ikki kishi jabrlangan, deb xabar beradi “Anons.uz”.
YTH “Sputnik-4” massivi hududida sodir bo‘lgan. KIA avtomobili haydovchisi beton qorishtiruvchi og‘ir yuk mashinasiga yo‘l bermagan va unga urilgan.
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida KIA avtomobili haydovchisi va uning ichida bo‘lgan yo‘lovchi turli darajada jarohat olgan. Ayni vaqtda ular shifokorlar nazorati ostida.
Hozirda voqea yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)