Turkiya Qurolli kuchlari Suriya shimolidagi Afrinda o‘tkazilayotgan “Zaytun butog‘i” operatsiyasi davomida ming nafarga yaqin terrorchini yo‘q qildi. Bu haqda Turkiya Bosh shtabi bayonotida ma’lum qilindi, deb yozadi “TASS”.
“Qurolli kuchlar Afrindagi ‘Zaytun butog‘i’ operatsiyasi doirasida 2018-yilning 7-fevralida ‘O‘z-o‘zini mudofaa qilish xalq kuchlari’, Kurdiston ishchi partiyasi, ‘Demokratik ittifoq’ partiyasi va IShID ekstremistik guruhi safidan yana 29 nafar terrorchini yo‘q qildi. Operatsiya boshlangandan buyon jami 999 nafar terrorchi yo‘q qilindi”, — ta’kidlanadi bayonotda.
Turkiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi 20-yanvar kuni Afrinda “Zaytun butog‘i” operatsiyasining boshlanganligi haqida ma’lum qildi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)