“Yulduzlar jangi”dan ikkinchi “Hikoya” qanday qilib Solo o‘zining asosiy sheriklari — Chubakka va Lando Kalrissian bilan tanishgani haqida hikoya qiladi. TJournal filmning birinchi tizeriga e’tibor qaratdi.

2017-yilning iyun oyida Disney kompaniyasining rahbariyati “Solo” ustida ishlayotgan rejissorlar Fil Lord va Kristofer Millerni ishdan bo‘shatgan. Taxminlarga ko‘ra, bunday qarorga kelishga ssenariy muallifi Lourens Kedzan bilan yuzaga kelgan kelishmovchilik sabab bo‘lgan. Lord va Miller tez-tez ssenariydan chiqib ketgan, Kedzan esa ssenariydan chiqmaslikni talab qilgan. Ron Xovard loyihaning yangi rahbari bo‘lgan va unga tasvirga olishni oxiriga yetkazish yuklatilgan