23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatida chorak finalga yo‘llanma olgan birinchi terma nomi ma’lum — Yaponiya.
Tokio—2020 Olimpiadasiga tayyorgarlik sifatida Osiyo Chempionatiga kelgan yaponiyaliklar, qolgan termalar bilan solishtirganda eng kichigi ekani bilan ajralib turgandi. Ular avvaliga Falastin, keyin esa Tailand ustidan minimal hisoblarda zafar quchib, navbatdagi bosqich masalasini hal qildi. So‘nggi turda yaponiyalik futbolchilar guruh peshqadami bo‘lish uchun prinsipial raqib — KXDRga qarshi saf tortadi.
Osiyo Chempionati U23 “B” guruhi. 2-tur 13-yanvar, shanba
Falastin — KXDR 1:1
Gollar: Oday Dabba, 16 (1:0). Muhammad Bossim, 74-avt (1:1).Tailand — Yaponiya 0:1
Gol: Ko Itakura, 90 (0:1).Osiyo Chempionatiga qadar Ravshan Haydarov boshchilik qilgan O‘zbekiston termasi Yaponiyaning mazkur tarkibini finalda yengib, Tailanddagi turnirda g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi.
Izoh (0)