Turkiya prezidenti Toyyib Erdo‘g‘on turk armiyasi hafta davomida Suriya shimoli-g‘arbida joylashgan Manbij va Afrin mintaqalaridagi Suriya kurdlari hududida operatsiya boshlashi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda NTV telekanali xabar berdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Manbij, bizga berilgan va’dalar bajarilmasa, bir haftadan so‘ng nima qilishimizni ko‘radi”, — dedi Erdo‘g‘on.
Anqara Suriya kurdlarini harbiy qo‘llab-quvvatlagani uchun Vashingtonni bir necha marta qoraladi. Turkiya Suriya kurdlarini terrorchilik tashkiloti deb hisoblaydi.
Izoh (0)