Amerikalik yengilmas bokschi Soni Fredriksonga qarshi ringga chiqqan Ergashev raqibini 3-raunddayoq texnik nokautga uchratishga muvaffaq bo‘ldi. O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasining ketma-ket zarbalariga Fredrikson turib bera olmadi.
Fredrikson bunga qadar prof boksda 18 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning barchasida raqiblarini taslim qilishga erishgandi. 12 ta jangini esa nokaut bilan yakunlagandi. Endilikda karyerasidagi ilk mag‘lubiyatni Shohjahon Ergashevdan qabul qilib oldi.
Ergashev Nyu-Yorkdagi Turning Stone Resort Casino in Verona ringiga boshidagi do‘ppi hamda Sherali Jo‘rayevning “O‘zbegim” qo‘shig‘i sadolari ostida chiqib kelgandi.
Izoh (0)