Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Samvel Babayan Moskvaning “Spartak” klubi mashg‘ulotlarini kuzatmoqda. Bu haqda “Championat.asia” klub matbuot xizmatiga tayanib, xabar berdi.
Babayan O‘zbekiston milliy terma jamoasining Janubiy Koreyaga qarshi kechgan Toshkentdagi o‘yinidan keyin “yo‘qolib qolgandi”. O‘tgan vaqt davomida u jamoatchilik e’tiboridan chetda yurdi. Boisi, o‘zbekistonlik futbolchilar JCh saralashini 4-o‘rida yakunlab, Rossiya mundialiga borish imkoniyatini qo‘ldan boy bergandi. Vaholanki, Samvel Babayan o‘z qo‘li ostidagi tarkibni O‘zbekiston tarixidagi eng kuchlisi deb atagandi.
Mutaxassis “Spartak” klubining Dubaydagi mashg‘ulotiga yordamchisi Grigoriy Kolosovskiy bilan tashrif buyurgan. Uning nima maqsadda bu yerda hozir bo‘lgani aniq aytilmagan. “Spartak” fotografi uni ko‘rishi hamonoq, suratga muhrlab qo‘ygan.
“Spartak” futbolchilari 18-yanvar kuni Odil Ahmedov to‘p surayotgan Xitoyning “Shanxay SIPG” klubiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Samvel Babayan uchrashuvni bevosita kuzatidimi yoki yo‘q — aniq ma’lumot keltirilmagan. Bungacha Babayan milliy terma jamoada muntazam imkoniyat berib kelgan hujumchi Igor Sergeyev “Paxtakor” tomonidan BAAning “Al-Dafra” klubiga qo‘yib yuborilgandi. Bu kelishuvda Babayan bevosita ishtirok etganmi yoki yo‘q — aniq emas.
Izoh (0)