O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov Farg‘ona shahriga tashrif buyuradi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati ma’lumot berdi.
O‘FF vakillari Namanganning “Navbahor” klubini tekshirishni boshladi
Federatsiya mamlakat futbol klublarining professionalligini oshirish uchun, ularning oldiga bir qator jiddiy talablar qo‘ygandi. Bu borada klublarga 1-fevralga qadar muhlat berilgan. Muhlat tugashi barobarida O‘FF rahbariyati viloyatlarda bo‘lib, har bir klub infrotuzilmasi bilan birma-bir tanishib chiqadi.Xabarda aytilishicha, 12-yanvar kunidan boshlanadigan Farg‘onaga tashrif Jizzaxdagisidan farq qilmaydi. Jizzaxda bo‘lgani kabi, Farg‘onada ham O‘FF prezidenti viloyat hokimi bilan shaxsan ko‘rishadi va mahalliy futbolni ko‘tarish masalasida fikr almashadi. Shuningdek, viloyat futbol federatsiyalarining ishi hamda ulardagi kadrlar masalasi qayta ko‘rib chiqiladi.
Tashrif davomida “Neftchi” o‘quv-yig‘in bazasi hamda klub akademiyasi faoliyati bilan tanishiladi. Farg‘ona shahridagi “Istiqlol” futbol klubi stadioniga boriladi. Olimpiya zaxiralari kolleji faoliyati o‘rganiladi. Shuningdek, Quvasoydagi “Sementchi” klubining o‘quv-yig‘in bazasiga o‘tiladi.
Izoh (0)