Federal qidiruv byurosida (FQB) amerikaliklar va AQSh kompaniyalarini Rossiya yoki boshqa davlatlarning Shtatlardagi saylovlarga ta’sir ko‘rsatishga urinishlaridan ogohlantiruvchi operativ guruh tashkil etildi. Bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi manbasiga tayanib, Bloomberg agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
FQB direktori Kristofer Rey 2017-yilda boshqarmada maqsadli guruh tashkil etilishini ma’lum qilgan, biroq uning ish yo‘nalishiga aniqlik kiritmagan edi.
FQB xodimi, maxsus guruhga rahbarlik qiluvchi Jeffri Trikoli uning maqsadi — saylovlarga aralashuvning “ko‘zga tashlanishi va shaffofligi”ni ta’minlash ekanligini ma’lum qildi. Trikolining so‘zlariga qaraganda, xodimlar “fikrlar politsiyasi”ga aylanishni istamaydi.
AQSh kompaniyalari va fuqarolari “soxta yangiliklar” va onlayn-kontentlar bilan qanday yo‘l tutishni o‘zlari hal qilishi mumkin.
Izoh (0)