Telegram asoschisi Pavel Durov 18-dekabr, dushanba kuni xabarlar jo‘natishda nosozliklar yuzaga kelganini tasdiqladi va messenjer yaqin vaqtlar ichida barqaror holatda ishlay boshlashini aytdi, deb yozadi “TASS”.
“So‘nggi vaqtlarda kuzatilayotgan trafikning haddan tashqari o‘sishi tufayli, Moskva vaqti bilan 20:00 da xabarlar odatdagidan ko‘ra sekinroq yetkazildi. Biz ba’zi o‘zgartirishlarni joriy qildik, ertaga hammasi yaxshi bo‘lishi kerak”, — deb yozdi u o‘z Twitter’ida.
https://twitter.com/durov/status/942863011349520384
18-dekabr, dushanba kuni Moskva va Sankt-Peterburgda yashaydigan messenjer foydalanuvchilari shunday muammolarga duch kelgan edi. Shuningdek, Stokgolm, Berlin, Parij, Milan, Rim, Singapur va boshqa shaharlar fuqarolari ham nosozliklar haqida ma’lum qilgan.
Izoh (0)