Olmaliq shahrida Toshkent viloyat ichki ishlar boshqarmasi ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika inspektorlari o‘zlariga ishonib topshirilgan hududda fuqarolar tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, qonuniy manfaatlarini ishonchli himoyalashga tantanali qasamyod qildi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tadbirda joriy yilning o‘tgan 11 oyida O‘zbekistonda sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan kamaygani, mahallalarda esa huquqbuzarliklar sodir etilishinining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar qayd etildi.
Tadbir davomida profilaktika inspektorlariga xizmat uylari va imtiyozli kredit asosida xarid qilingan yangi avtomashinalar kalitlari tantanali topshirildi.
Izoh (0)