Rossiya Mudofaa vazirligi dengiz aviatsiyasi va Tinch okeani Havo hujumidan himoya kuchlarini Kamchatkada shtabi bo‘lgan kuchli armiya tarkibida birlashtiradi. Bu haqda harbiy boshqarmaga tayanib, “Izvestiya” gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Vazirlik Harbiy-havo kuchlari va Havo hujumidan himoya armiyalarini shakllantirish 2018-yilda boshlanishini ma’lum qildi. Aviatsiya qismlari, zenit-raketa va radiotexnik qo‘shinlar uning tarkibiga kiradi. Bo‘lim javobgar bo‘lgan hududga Shimoliy Kurildan Vrangel orollarigacha bo‘lgan mintaqa kiradi.
Bundan tashqari, bu bilan bir vaqtda aviatsiya kuchlari tuzilishi o‘zgaradi.
“Unchalik muvaffaqiyatli bo‘lmagan 2008-yilgi islohotlarda tashkil etilgan uyushmagan va yaxshi boshqarilmaydigan aviabazalar o‘rniga polklar va diviziyalar qayta tiklanadi. Qo‘shma aviapolklar tarkibiga qayiqqa qarshi va transport samolyotlari, qiruvchi samolyotlar, razvedkachi va raketa tashuvchi eskadrilyalar bilan bir qatorda uchuvchisiz uchar qurilmalar bo‘linmalari ham kiradi”, — deb yozadi gazeta.
Nashr ta’kidlashicha, yangi armiya o‘z javobgarligi ostidagi hududga tahdidlarni kuzatish va kutilmagan havo hujumini bartaraf etish uchun tashkil etiladi.
Izoh (0)