Apple kompaniyasi iTunes musiqa do‘konini yopishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Weraveyou portaliga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Jurnalistlarning ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda iTunes treklari savdosida keskin pasayish kuzatilgan. Kompaniya rahbariyati musiqaga bo‘lgan iste’mol modelida o‘zgarish sodir bo‘ldi degan xulosaga keldi va Apple Music doirasida o‘zining xususiy oqimli xizmatini ishga tushirishga qaror qildi. Bu orqali u SoundCloud, YouTube va Spotify’ning raqobatchisiga aylanadi.
Portalda keltirilishicha, servis 2019-yilning boshida yopiladi. Shu bilan birga iTunes’dagi barcha kompozitsiyalar Apple Music’ga o‘tkaziladi.
Izoh (0)