“Soyuz-FG” tashuvchi raketasi Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan muvaffaqiyatli uchirildi. Uning bortida Xalqaro kosmik stansiyaning yangi ekipaji bor, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.
Aytilishicha, hozirgi paytda kosmik kema tashuvchi raketadan ajralib chiqib bo‘lgan.
“Soyuz” bortida rossiyalik kosmonavt Anton Shkaplerov, NASA astronavti Skott Tingl va JAXA astronavti Norishige Kanai bor.
Ular XKSga 19-dekabrda yetib boradi.
Izoh (0)