Rossiyalik reper, prodyuser, Black Star leybli egasi Timati Instagram’dagi sahifasida o‘zbekistonlik bir million obunachi borligini ma’lum qildi. Bu haqda “Repost.uz” xabar bermoqda.
Instagram’dagi sahifasida u O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning sahifasini belgiladi va obunachilar soni haqida uni davlat rahbari matbuot xizmati boxabar qilganini ta’kidladi.
https://www.instagram.com/p/BcxtgvvjpDX/
“Yangi yildan yaqindan hamkorlikni boshlaymiz”, — deb yozdi reper hamda Shavkat Mirziyoyevning Checheniston rahbari Ramzan Qodirov bilan birga tushgan suratini joyladi.
Izoh (0)