18-dekabr kuni Toshkent shahriga Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish bo‘yicha agentligi (TIKA) rahbari Serdar Cham boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
TIKA delegatsiyasi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda.
Tashrif dasturiga binoan O‘zbekiston hukumati, tashqi ishlar vazirligi, investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va boshqa tuzilmalarda uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkaziladi.
Izoh (0)