AQSh davlat kotibi Reks Tillerson Vashington va Pxenyan o‘rtasida muzokaralar olib borilishi uchun KXDR raketa sinovlarini to‘xtatishi lozimligini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters’ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
“Shimoliy Koreya muzokaralar stoliga o‘tirishi kerak. Biz kerakli natijaga erishmagunimizga qadar KXDRga bosim o‘tkazishni davom ettiraveramiz”, — dedi Tillerson.
Avvalroq, Reks Tillerson Vashington KXDR bilan muammoni harbiy jihatdan hal qilishga tayyor ekanligini bildirgan edi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, AQSh KXDR bilan muzokaralarni boshlash uchun oldindan shartlar qo‘ymaydi, shuningdek, Rossiya va Xitoyning “ikkilamchi muzlatish” rejasini ham qo‘llab-quvvatlamaydi.
Izoh (0)