Tailand mezbonlik qilgan M-150 Cup—2017 xalqaro turnirini chempion sifatida yakunlagan O‘zbekiston terma jamoasi 20 ming AQSh dollarini qo‘lga kiritdi, deb yozdi “Olamsport” nashri.
Turnir davomida Ravshan Haydarov boshqaruvidagi O‘zbekiston olimpiyachilari Myanma bilan 2:2 hisobida durang o‘ynagan bo‘lsa, keyinroq Vyetnam ustidan zafar quchdi —2:1. Finalda esa Yaponiya penaltilar seriyasiga ko‘ra mag‘lub etildi.
Myanmani yengolmagan O‘zbekiston olimpiyachilari finalda Yaponiyani yutib, xalqaro turnir chempioni bo‘ldi
O‘FF matbuot xizmatining xabar berishicha, Zabihullo O‘rinboyev final uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. Chunki u yaponlar darvozasiga 2 ta gol urishga erishgandi. “Paxtakor” hujumchisi, shuningdek, 4 ta gol bilan musobaqa to‘purariga ham aylangan.Javohir Siddiqov esa turnirning eng yaxshi futbolchisi sovriniga ega chiqqan. “Qo‘qon-1912” klubida faoliyatini davom ettirayotgan yarim himoyachi, muxlislar mehrini qozongani uchun shunday baxtga loyiq ko‘rilgan.
Ravshan Haydarovning mazkur jamoasi kelayotgan yanvar oyida Osiyo Chempionatida ishtirok etadi. O‘zbekistonliklar uning guruh bosqichida Ummon, Qatar va mezbon Xitoy bilan bir guruhdan joy olgan.
Izoh (0)