Isroil politsiyasi bilan to‘qnashuvlarda 4 nafar falastinlik halok bo‘ldi, 888 kishi yaralandi. Bu haqda Falastin Qizil yarim oy jamiyati matbuot kotibi Erab al-Fuqaho ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“G‘azo sektorida ikki, Ramalla va Quddusda bir kishidan, jami 4 nafar falastinlik Isroil askarlari tomonidan o‘ldirildi. Iordan dayosining g‘arbiy qirg‘og‘i va Quddusda 661 kishi yaralandi, yana 227 kishi G‘azo sektorida jarohat oldi. Ulardan 10 nafari og‘ir jarohat olgan”, — dedi al-Fuqaho.
AQSh prezidenti Donald Trampning Quddusni Isroil poytaxti sifatida tan olish haqidagi qaroridan so‘ng avj olgan namoyishchilar va Isroil xavfsizlik kuchlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar bir haftadan oshiq vaqtdan beri davom etmoqda.
Izoh (0)