Davlat statistika qo‘mitasi vakillarining Xalqaro press klub yig‘ilishida bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2017-yilning yanvar—sentabr oylarida o‘rtacha ish haqi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14,2 foizga o‘sgan.
O‘zbekistonda oylik ish haqining o‘rtacha miqdori 2017-yilning yanvaridan sentabrigacha bo‘lgan davrda 1 000 346 (bir million uch yuz qirq olti) so‘mni tashkil qilgan.
Ma’lumot uchun, 2016-yilning 1-oktabridan 2017-yilning 30-noyabriga qadar O‘zbekistonda eng kam oylik ish haqi 149 775 (bir yuz qirq to‘qqiz ming yetti yuz yetmish besh) so‘mni tashkil etgan.
Izoh (0)