AQShning Nyu-Jersi shtatida istiqomat qiluvchi erkak Ethereum kriptovalyutasida 1,8 million dollar o‘g‘irladi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.
Gumonlanuvchi 25 yilga qamalishi mumkin.
Aniqlanishicha, 4-noyabr kuni 35 yoshli Luis Mesa sherigi bilan birga boshqa odamning telefoni, hamyoni va uy kalitini tortib olgan. Jabrlanuvchi politsiyaga murojaat etgan.
Talonchi uyiga kelib, o‘z hisobiga katta miqdordagi kriptovalyutani o‘tkazib olgani ma’lum bo‘ldi. Tashqi kuzatuv kameralari ma’lumotlari asosida politsiya uni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘ldi.
Izoh (0)