O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 20—21-yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurgan edi, deb yozadi O‘zbekiston musulmonlari idorasi rasmiy veb portali.
Tashrif davomida davlat rahbari Qoraqalpog‘istondagi “Imom Eshon Muhammad” jome masjidida ham bo‘lib, u yerda diniy idora vakillari, qoraqalpog‘istonlik faxriylar va nuroniy otaxonlar bilan uchrashgan edi. Uchrashuvda ushbu jomeni qayta qurish, tevarak-atrofini yanada obod qilish bo‘yicha berilgan ko‘rsatmalar asosida masjidining qurilish ishlari jadal boshlab yuborildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi qoziyotidan olingan xabarga ko‘ra, ushbu jome masjidning qurilish ishlari o‘z nihoyasiga yetgan.
Ushbu jome masjid Qoraqalpog‘iston diyoridagi eng muhtasham masjid bo‘lib, unda namozxonlar uchun barcha qulayliklar muhayyo qilingan. Hozirda qoraqalpog‘istonlik mo‘min-musulmonlarning quvonchi cheksiz, deyiladi xabarda.
Izoh (0)