Ispaniya La Ligasining 14-turiga qadar mag‘lubiyat alamini totib ko‘rmagan jamoalar 3 tani tashkil qilayotgandi: “Barselona”, “Valensiya” va “Atletiko”. Endi valensiyaliklar bu ro‘yxatdan tushib qoldi.
Yakshanba oqshomida “Xetafe” mehmoni bo‘lgan Marselino jamoasi 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shu kuni mezbonlar o‘z irodasini ko‘rsatdi. Ular 25-daqiqada bir kishi kam qolganiga qaramay, ikkinchi taymda g‘alaba golini urishga erishdi va darvoza dahlsizligini saqlay oldi.
“Valensiya” bunga qadar faqatgina 1 marta — o‘z maydonida “Atletiko” darvozasiga gol ura olmay, durangga rozi bo‘lgan, qolgan barcha uchrashuvlarda raqiblar postiga yo‘l topib kelayotgandi.
Endilikda “Barselona” ta’qibchisi bo‘lmish “Valensiya”ni 5 ochko ortda qoldirmoqda. Kelasi turdan boshlab “Atletiko”, “Real va “Sevilya”da valensiyaliklarga yetib olish uchun imkoniyat bo‘ladi.
La Liga. “Barselona” o‘z uyida, “Real” esa safarda 2 ochko yo‘qotdi. “Atletiko”da irodali g‘alaba
Ispaniya La Ligasi 14-tur o‘yinlari 3-dekabr, yakshanba“Leganes” — “Vilyarreal” 3:1
Gollar: Raba, 61 (0:1). Diyego Riko, 72 (1:1). Nabil El-Jar, 82 (2:1). Nabil El-Jar, 93+ (3:1).“Xetafe” — “Valensiya” 1:0
Gol: Markel Bergara, 66 (1:0).Chetlatish: Mauro Arambarri, 25 (X).“Eybar” — “Espanyol” 3:1
Gollar: Kike, 9 (1:0). Ivan Alexo, 38 (2:0). Xoan Xordan, 69-pen (3:0). Serxi Enrix, 79-avt (3:1).“Las-Palmas” — “Betis” 1:0
Gol: Xonatan Kalyeri, 19 (1:0).Chetlatish: Xordi Amat, 92+ (B).4-dekabr, dushanba“Jirona” — “Alaves” 01:00
Izoh (0)