AQShning Minnesota shtatida yashovchi bog‘bon Kristofer Kvalli shu yil dunyodagi eng ulkan sabzini yetishtirdi, deb yozadi “AiF”.
Sabzavotning og‘irligi 10,17 kilogrammni tashkil etdi. U 2014-yilda Buyuk Britaniyada o‘stirilgan avvalgi “jahon rekordchisi”dan naq bir kilogrammga og‘irroq.
Ikki yil oldin ulkan sabzavotlarni yetishtirishga qiziqib qolgan Kristofer jahon tajribasini diqqat bilan o‘rganib chiqib, tuproqqa alohida e’tibor qaratdi. Endi uning o‘zi ta’kidlashicha, rekordining asosiy sirlari — nav, tuproq, ob-havo va biroz omad.
Kristofer ulkan sabzini yeyish mumkin, deb hisoblaydi, ammo uning o‘zi sabzidan tatib ko‘rgani yo‘q — undan urug‘lik olish uchun uni yerga ekib qo‘ydi.
Erkak endi ulkan pomidor va oshqovoqlarni yetishtirishga kirishmoqchi.
Izoh (0)