Qozog‘iston rahbari Nursulton Nazarboyev ko‘pchilik boylar va iqtidorlilarni yoqtirmasligini ma’lum qildi, deb yozadi Tengrinews.
Ostonada davlat rahbari ishtirokida “Qozog‘istonning 100 nafar yangi yuzi” forumi bo‘lib o‘tmoqda.
“Sizning yo‘lingiz mashaqqatli. Sizga ma’lumki, boy odamni ko‘pchilik yoqtirmaydi. Buni men aytmaganman, buni ancha avval aytishgan. ‘Men ham shunday boy bo‘laman, unga yetib olaman’ deyish yo‘q. Boylarni xush ko‘rishmaydi: ‘Shunaqa mashinada yuradi, qara, qanaqa qasrlar qurdi’. Yoqtirishmaydi. Iqtidorlilar qobiliyati bilan ajralib turganligi uchun ta’qib qilinadi. Ular boshqalar orasida o‘zgacha. Oddiylar ‘Nega biz unaqa emasmiz?’ deydi, ularni ta’qib qiladi”, — deb murojaat qildi prezident loyiha g‘oliblariga.
Nazarboyevning so‘zlariga qaraganda, “100 nafar yangi yuz”ga kirgan yosh qozog‘istonliklarni qahramonlar deb atash mumkin.
Izoh (0)