AQShning Vermont shtatida istiqomat qilgan 70 yoshli nafaqaxo‘r ayol qo‘shnilarini zaharlagani uchun qo‘lga olindi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Aytilishicha, ayol mustaqil ravishda ritsin zaharini tayyorlab, keksalar uyidagi qo‘shnilarida sinab ko‘rgan.
Betti Miller ritsinni ovqat va ichimliklarga bir necha hafta mobaynida qo‘shib borgan. U bu ishni zaharning samaradorligini tekshirish uchun qilganini tan olgan.
Ayol kamida uch marta zahardan foydalangani ma’lum. Uning ruhiy xasta ekanligi taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)