Yevropa Ittifoqi donerlarda (doner-kabob va shaurma) ishlatiladigan go‘shtlarga qo‘shiluvchi fosfatlarning iste’molini taqiqlash niyatida. Bu haqda Associated Press agentligiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Tadqiqotlar natijasida munazam fosfatlarni iste’mol qilish va yurak qon-tomir kasalliklari o‘rtasiga bog‘liqlik borligi aniqlangan.
O‘z navbatida doner tayyorlovchi kafelarning egalari Yevropa Ittifoqi rahbarlari nomiga shikoyat yo‘llagan. Ularning ma’lum qilishicha, bu kabi taqiq — kamsitish hisoblanadi, chunki doner-kabob va shaurmani asosan Turkiyadan bo‘lgan fuqarolar tayyorlaydi. Ayniqsa, bu “ko‘cha yeguligi” Germaniyada juda mashhur.
Ta’kidlanishicha, fosfatlar go‘shtning ta’mini yaxshilash uchun qo‘shiladi.
Izoh (0)