Uber taksi buyurtma qilish onlayn-servisining 3 nafar rahbar xodimi kompaniyada qo‘llanadigan raqobat uslublari haqidagi xabarlar asnosida lavozimlarini tark etdi. Bu haqda CNBC telekanali ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Kompaniyani xalqaro guruh, tijoriy faoliyat va jismoniy himoya bo‘linmalari rahbarlari tark etishi bildirilmoqda.
Oldinroq OAV Uber sud ishlari olib borilishiga xalaqit berish va raqiblari ortidan josuslik qilish bilan shug‘ullanib kelgan maxsus jamoaga ega bo‘lganini ma’lum qilgandi. Bu haqda kompaniyaning sobiq xodimi Richard Jeykobs federal sud yig‘ilishida hikoya qilib berdi.
Shuningdek, Uber xakerlar 2016-yil oktabrida kompaniya serverlaridan 50 million mijoz va 7 million haydovchi haqidagi ma’lumotlarni o‘g‘irlaganini tan olishga majbur bo‘lgandi.
Izoh (0)