Shavkat Mirziyoyev 2-dekabr kuni Olmazor tumanida joylashgan Akfa Medline tibbiyot markaziga tashrif buyurdi, deb xabar berdi O‘zA.
Zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan tibbiyot markazi bilan tanishgan Prezident O‘zbekistonda Janubiy Koreya tibbiyot instituti filialini tashkil etish bo‘yicha topshiriq berdi.
Avvalroq, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sherzod Shermatov, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inom Majidov va Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Sarvar Boboxo‘jayev tarkibidagi delegatsiya Janubiy Koreya OTMlari rahbariyati bilan muzokaralar olib borgani haqida xabar berilgandi.
Unda Janubiy Koreyaning uch yetakchi universiteti — Seul milliy universiteti (Seoul National University), Koryo universiteti (Korea University) va Yonsey universiteti (Yonsei University), shuningdek, Xanyang texnologiya universitetining (Hanyang University) filiallarini O‘zbekistonda ochish masalalarini ko‘rib chiqqan edi.
Izoh (0)