Italiya A seriyasining 15-turiga kelib peshqadam “Napoli” mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Mauritsio Sarri shogirdlari amaldagi chempion “Yuventus”ga qarshi o‘yinni golsiz yakunladi va o‘z darvozasidan 1 ta gol o‘tkazib yubordi.
Turinlik futbolchilar so‘nggi bor 20 yil muqaddam Neapoldan gol o‘tkazmay qaytgandi. Jamoa 1997-yil “San Paolo” arenasiga tashrif buyurib, 0:0 hisobida durang o‘ynagandi. Shundan keyin “Napoli” futbolchilari “Yuventus” darvozasiga har safar kamida 1 ta gol urishni uddalab kelayotgandi. Buffon esa 20 yil orziqib kutilgan an’anani takrorladi va “Yuventus”ga muhim 3 ochko keltirdi.
“Napoli”ning qoqilishidan Milanning “Inter” klubi foydalanib qolishi mumkin. Spaletti jamoasi mazkur turda zafar qucha olsa, A seriya peshqadamiga aylanib oladi. Ayni paytda faqatgina “Inter” mag‘lubiyat nima ekanini bilmay turibdi.
Italiya A seriyasi 15-tur bellashuvlari 1-dekabr, juma
“Roma” — “Spal” 3:1
Gollar: Edin Jeko, 19 (1:0). Kevin Strotman, 32 (2:0). Lorentso Pellegrini, 53 (3:0). Federiko Viviani, 55 (3:1).Noaniq penalti: Federiko Viviani, 55 (S).Chetlatish: Felipe, 9 (S).“Napoli” — “Yuventus” 0:1
Gol: Gonsalo Iguain, 13 (0:1).2-dekabr, shanba“Torino” — “Atalanta” 00:45
3-dekabr, yakshanba“Benevento” — “Milan” 16:30“Inter” — “Kyevo” 19:00“Fiorentina” — “Sassuolo” 19:00“Sampdoriya” — “Latsio” 00:45
Izoh (0)