Chechenistonning Urus-Martan tumani prokuraturasi Qirg‘izistonning ikki fuqarosi halok bo‘lishi yuzasidan tekshiruv boshladi. Bu haqda “Vestnik Kavkaza” xabar bermoqda.
Fojia Urus-Martan shahridagi xususiy uyda ro‘y bergani, Qirg‘iziston fuqarolari gazdan zaharlangani bildirilmoqda.
Hozirda prokuratura mazkur o‘lim tafsilotlariga aniqlik kiritmoqda.
Shuningdek, Rossiya hududida xorijliklarni ishga jalb etish borasida migratsiya qonunchiligi buzilishi masalasi ham o‘rganilmoqda.
Izoh (0)