IShID Yaman janubidagi Adan shahrida yuz bergan portlash uchun javobgarlikni zimmasiga oldi. Bu haqda Reuters ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
Portlovchi modda to‘ldirilgan avtomobil Yaman moliya vazirligi binosiga kelib urildi. Portlashdan so‘ng to‘qnashuvlar boshlandi.
Hodisa oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi, 3 kishi jiddiy jarohatlandi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)