7—10-noyabr kunlari Sankt-Peterburgning O‘zbekistonga madaniy-ishbilarmonlik missiyasi amalga oshiriladi, deb yozadi “Review.uz” shahar ma’muriyati saytiga tayanib.
Delegatsiya tarkibiga Sankt-Peterburg hukumati a’zolari, shahar hukumati ijroiya organlari rahbarlari, o‘rta va oliy ta’lim muassasalari, tibbiyot muassasalari vakillari, shaharning ishbilarmonlik hamjamiyati a’zolari kiradi.
Missiya doirasida Samarqandda Sankt-Peterburg korxonalarida ishlash istagida bo‘lgan fuqarolarni tashkiliy tarzda qabul qilish bo‘yicha markaz ochilishi bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, Samarqand viloyati rahbariyati bilan uchrashuvlar rejalashtirilgan.
Toshkentda esa “Sankt-Peterburg va O‘zbekiston Respublikasi — hamkorlikning yangi istiqbollari” biznes-forumi o‘tkaziladi.
Izoh (0)