Sahnalashtiruvchi rassom va dizayner Saymon Uayteli CNET’ga bergan intervyusida u qanday qilib “Matritsa” filmining boshlanish sahnasidagi yashil belgilardan iborat “yomg‘ir”ni yaratganini aytib berdi, deb yozmoqda Meduza.
Uaytelining so‘zlariga ko‘ra, u o‘z rafiqasidan yaponcha retseptlar kitoblarini olgan, ularni skaner qilgan va “Matritsa” kodini yaratish uchun foydalangan.
Kotaku nashrining aniqlik kiritishicha, Uayteli kodni yaratishda retseptlardan kitobda qanday bo‘lsa, shundayligicha foydalanmagan: rassom skanerlangan iyerogliflarni teskariga o‘girgan va ularni aralashtirgan.
Izoh (0)