Astronomlar bashorat qilishlaricha, Yer aholisi 21-oktabrga o‘tar kechasi yulduzlar yog‘dusini ko‘rishi mumkin: Orion yulduzlar turkumidagi meteorlar oqimi — Orionidlar o‘zining maksimumiga erishadi. Bu haqda Moskva planetariysiga asoslanib, “News.mail.ru” xabar berdi.

Foto: “News.mail.ru”

Noyob hodisa Yer atmosferasiga Galley kometasining “parchalari” qulashi tufayli yuz beradi. So‘nggi bor u Yer sayyorasi yonidan 1986-yilda uchib o‘tgan. Undan ajralgan zarralar har yili Yer atmosferasiga tushadi va meteor oqimlarini hosil qiladi: bahorda — May Akvaridlari, kuzda — Orionidlar.

Ma’lumotlariga ko‘ra, “yerga tushayotgan yorqin yulduzlarning” maksimumini (soatiga 15—20 ta) 21-oktabr, shanbaga o‘tar kechasi ko‘rish mumkin. Shunindek, ta’kidlanishicha, Oy ularni ko‘rishga xalaqit bermaydi.

Odatda Orionid zarralari soniyasiga 66 kilometr tezlikda harakatlanib Yer atmosferasiga kiradi. Ular oq, qizil, ko‘k-yashil, sariq va to‘q sariq rangda bo‘ladi.