Yevropa Chempionlar Ligasining dastlabki ikki turida 6 ochkodan qo‘lga kiritgan Madridning “Real” va Londonning “Tottenhem” klublari 3-turda o‘zaro to‘qnash keldi.
“Santyago Bernabeu” stadionida kechgan bellashuvda g‘olib aniqlanmadi — 1:1. O‘yindagi har ikki gol mezbonlar tomonidan urildi. Shu tariqa mazkur jamoalarning turnir jadvalidagi qo‘shhokimligi davom etadigan bo‘ldi.
“Real” safida shu kuni “Tottenhem”ning sobiq futbolchisi Luka Modrich to‘liq harakat qildi. Garet Beyl esa uchrashuvda ishtirok eta olmadi. Chempionlar Ligasining shu mavsumida londonliklardan Harri Keyn 5 ta gol urib ulgurgandi. Kechagi bellashuvda Krishtianu Ronaldu bu borada unga yetib oldi.
Guruh bosqichini har yilgidan-da yomonroq boshlagan Dortmundning “Borussiya” klubi Kiprda ham zafar qucha olmadi. Shu tariqa Peter Bosh jamoasi pley-off yo‘llanmasi masalasini katta so‘roq ostida qoldirdi.
Yevropa Chempionlar Ligasi “H” guruhi. 3-tur 17-oktabr, seshanba
Izoh (0)