Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kecha — 16-oktabr kuni FIFA terma jamoalarning yangi reytingini e’lon qildi. Bugun — 17-oktabr kuni JCh—2018 saralash bosqichida guruhlarni 2-o‘rinda yakunlagan termalar pley-offdagi raqiblarini bilib oladi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Yevropa saralashida ikkinchi bo‘lgan mamlakatlar pley-offda o‘ynaydi. Slovakiya JCh—2018 bilan xayrlashdi

Yevropa saralashida ikkinchi bo‘lgan Slovakiya termasi hammadan kamroq ochko to‘plagani uchun, Rossiya mundialidan chetda qolgandi. Qolgan 8 mamlakat savatlarga bo‘lib chiqiladi. Reglamentga ko‘ra, FIFA reytingidagi dastlabki to‘rt mamlakat saralanganlar savatida bo‘ladi, keyingi 4 tasi boshqa savatda.

FIFA reytingiga ko‘ra, Shveysariya termasi 11, Italiya 15, Xorvatiya 18 va Daniya 19-o‘rinda qayd etilgan. Demak, sakkiz mamlakat orasida mana shu 4 tasida natijalar yaxshiroq. Ular pley-offda bir-biriga raqib bo‘lmaydi.

23-o‘rindagi Shimoliy Irlandiya, 25 dagi Shvetsiya, 26 dagi Irlandiya va 47 dagi Gretsiya yuqoridagi mamlakatlar bilan raqib bo‘ladi.

Pley-offning ilk uchrashuvlari 9—11-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Javob uchrashuvlari esa 12—14-noyabr sanalariga tayin qilingan.

JCh—2018 da ishtirok etishi aniq bo‘lgan mamlakatlar:Rossiya, Braziliya, Eron, Yaponiya, Meksika, Belgiya, Janubiy Koreya, Saudiya, Germaniya, Angliya, Ispaniya, Nigeriya, Kosta-Rika, Misr, Polsha, Islandiya, Serbiya, Portugaliya, Fransiya, Urugvay, Argentina, Kolumbiya, Panama.

FIFA reytingida Xitoy va Amirlik termalari ham O‘zbekistondan o‘zib ketdi. Navbat Suriyagami?

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston qonunchiligida 1-apreldan nimalar o‘zgaradi?
Dunyo
Putin Rossiya tashqi siyosatining yangi konsepsiyasini tasdiqladi
Mahalliy
Andijonda kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan rahbarlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi