Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Ziyouz.com” portali tomonidan internet tarmog‘ida bir hafta davomida o‘tkazilgan “Yoshlar nima o‘qiyapti?” mavzusidagi so‘rovnomada kitobxon yoshlarning qanday kitoblar mutolaa qilayotgani o‘rganildi.

Foto: “Tak.uz”

Foto: “Tak.uz”

So‘rovnomada 536 nafar o‘zbek kitobxon yoshlari ishtirok etdi, 614 nomdagi 1151 ta kitob qayd etildi.

So‘rovnomada nafaqat O‘zbekistondagi, balki Afg‘oniston, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, AQSh, Rossiya, Janubiy Koreya, Angliya, Avstraliya, Malayziya, Germaniya, Fransiya, Belgiya, Xitoy, Saudiya Arabistoni kabi davlatlarda o‘qib, ishlayotgan o‘zbek yoshlari ham qatnashdi.

Yoshlar o‘qiyotgan kitoblar yo‘nalishiga ko‘ra, jahon adabiyoti yetakchilik qilmoqda. So‘rovnomadan jahon adabiyotiga oid 447 ta (38,8%) kitob o‘rin olgan. Yoshlar orasida buyuk qirg‘iz adibi Chingiz Aytmatov, turk ma’rifatparvari Ahmad Lutfiy Qozonchi, amerikalik afg‘on yozuvchisi Xolid Husayniy, Amerika yozuvchisi Teodor Drayzer, dunyoda kitobi eng ko‘p sotilgan Paulo Koelo, rus klassiklari Lev Tolstoy, Fyodor Dostoyevskiy, Koreya prezidenti Li Myon Bak asarlari mashhur.

So‘rovnomada o‘zbek adabiyotidan 319 ta kitob (27,7%) qayd etilgan. O‘tkir Hoshimov, Said Ahmad, Tohir Malik, Abdulla Qodiriy, Pirimqul Qodirov, Tog‘ay Murod asarlari eng ko‘p mutolaa qilingan.

O‘zbek kitobxon yoshlari tomonidan eng ko‘p o‘qilayotgan kitoblar ro‘yxati avvalidan O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” (25 nafar kitobxon tomonidan o‘qilgan), Ahmad Lutfiy Qozonchining “Saodat asri qissalari” (20) va Said Ahmadning “Ufq” (15) asarlari o‘rin olgan.

Foto: “Ziyouz.com”

Foto: “Ziyouz.com”

Kitobxonlar tomonidan asarlari eng ko‘p o‘qilayotgan mualliflar ro‘yxatida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf kitoblari birinchi o‘rinda turibdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Dunyo
Qozog‘istonda ikki yashar bola 11 ta magnitni yutib yubordi (foto)