Qirg‘izistonning O‘sh viloyati, Qorasuv tumanidagi Tolokon qishlog‘i oqsoqoli saylovchilardan birini urdi. Guvohlardan biri voqea videosini K-News saytiga yo‘lladi.
Kadrlardan ma’lum bo‘lishicha, saylovchi ovoz berish jarayonini suratga olish huquqini talab qilgan.
“Kim senga bunday huquq berdi? Bu odamlar qayerdan? Ularga kim bu yerda kamera o‘rnatishga ruxsat berdi? Men qishloq oqsoqoliman, qonun uchun men javob beraman. Foto va videosyomkaga ruxsat beradigan qonuning qani? Kamerani yo‘qotinglar”, — deb talab qilgan qishloq rahbari va saylovchini binodan itarib chiqarib yuborgan.
Kirishga kelganda u saylovchini kuch bilan itarib yuborgan.
Qirg‘izistonda prezident saylovi davom etmoqda
Izoh (0)