Turkiya rasmiylari martda urib tushirilgan MiG-21 samolyoti uchuvchisi Mexmet Subhonni Suriyaga topshirdi. Bu haqda uning advokati Anil Javohir Jon ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Uchuvchi Turkiya hududiga majburan o‘tib qolgan. Samolyot Suriya osmonida urib tushirilgan, uchuvchi esa havo kemasini Turkiyadagi chegara aholi punktiga qulashdan olib qochishga erishdi. Sud buni va Subhon 7 oy hibsda saqlanganini inobatga olib, uni ozod etishga qaror qildi. Shundan so‘ng uchuvchi ‘Yayladagi’ nazorat-o‘tish punktida Suriya rasmiylariga topshirildi”, — dedi Jon.
Shu bilan birga, advokat uchuvchi ishi bo‘yicha sud jarayoni davom etishini bildirdi.
Izoh (0)